Homiladorlik davrida shamollash kasalligiga qarshi kurash
Yo‘tal, aksirish, burun bitishi… Bu sizga tanishmi? Shamollash – bu burun shilliq pardasining yuqumli virusli infektsiyasi bo‘lib, u yuqumli kasallikka chalingan inson bilan muloqotda yuqadi. Virus bilan nafas olgan har qanday odamda shamollab qolish xavfi mavjud. Shamollash keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan 200 ga yaqin turli viruslar bor. Ulardan eng keng tarqalganlari rinoviruslar va koronaviruslar kabi ikkita virus guruhidan biriga tegishli bo‘ladi. Oddiy shamollashning aksariyat asoratlari yuqori nafas yo‘llari bilan cheklanadi. Shamollash burun va tomoq shilliq qavatining yallig‘lanishi va shamollashiga olib keladi, bu skasallikning tipik belgilariga, jumladan, burun bitishi yoki tumov, tomoq og‘rig‘i, quloqdagi yengil og‘riq, aksirish va yo‘tal, bosh og‘rig‘i, ko‘zdan yosh oqishi, holsizlik yoki hatto yuqori haroratga olib keladi.
Yo‘tal, shamollash va gripp kabi virusli infeksiyalarga homilador ayollar ko‘proq moyil bo‘ladi. Bundan tashqari, ushbu kasallikka hamrohlik qiluvchi alomatlar odatdagidan ko‘ra uzoqroq saqlanishi mumkin. Bun homiladorlik davrida organizm bo‘lajak bolani (yot jism sifatida) rad etmasligi uchun immunitet tizimi bir oz pasayishi bilan bog‘liq. Aslida, uning asosiy maqsadi sizning rivojlanayotgan farzandingizni himoya qilishdir.
Homiladorlik paytida retseptsiz chiqariladigan shamollashga qarshi dorilarni qabul qilishdan ehtiyot bo‘lish lozim, chunki ularning ko‘pchiligi tarkibida bo‘lg‘usi yoki emizikli onalarning foydalanishiga yaroqsiz qiladigan ba’zi ingredientlar mavjud. Masalan, odatdagi tomir toraytiruvchi vositalar burun bo‘shlig‘i bilan bog‘liq muammolarni yengillashtiradi, ammo ular bachadon atrofidagi arteriyalarni ham toraytirishi mumkin, bu esa homila uchun kislorod va qon oqimining pasayishi xavfini tug‘diradi. Shu sababli ayniqsa, birinchi uch oylikda, homilaning a’zolari shakllanayotgan davrda dori-darmonlarni qabul qilishdan qochish kerak. Har qanday dori-darmonlarni qabul qilishdan oldin doimo davolovchi shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashish lozim.
Shubhasiz, homiladorlik paytida shamollash va grippni davolashning eng yaxshi varianti eng tabiiy usulni tanlashdir. Aynan shuning uchun biz Adriatika dengizining tozalangan suvi asosida tarkibida konservantlar yoki qo‘shimchalar bo‘lmagan va GMP Yevropa standartlariga muvofiq steril ishlab chiqarish uchun farmatsevtika standartlariga muvofiq tayyorlanadigan vositalar to‘plamini yaratdik.
Akva Maris homilador ayollarga Aqua Maris Strong tabiiy shishga qarshi vosita yordamida burun bitishiga qarshi mutlaqo xavfsiz vositani taklif qiladi. U burunning shishgan shilliq pardalaridan ortiqcha suyuqlikni olib tashlaydi, bu bilan shish va ajralma hosil bo‘lishini kamaytiradi va nafas olishni osonlashtiradi. Aqua Maris Strong kuchli tinchlantiruvchi va shishga qarshi ta’sirga ega hamda tizimli ta’sir ko‘rsatmagani uchun undan bolalar, shuningdek, homilador va emizikli ayollar, qariyalar xavfsiz foydalanishlari mumkin.
Shamollash tufayli yuzaga keladigan noqulaylikni yengillashtirish maqsadida, shuningdek, suyuqlik iste’mol qilishni ko‘paytirish, sog‘lom va to‘yintirilgan parhezga rioya etish, dam olish vaqtini ko‘paytirish, chekish yoki tutunli muhitdan qochish tavsiya etiladi, chunki bu nafas yo‘llarini yanada ko‘proq yallig‘lantiradi hamda albatta, shamollash va gripp viruslarining tarqalishini kamaytirish uchun tegishli gigiyena muhim hisoblanadi.
Chaqaloqlar va yosh bolalarda burun bitishi
Normal nafas olish chaqaloqlarning sog‘lom uyqusi, ovqatlantirish va rivojlanishida juda muhimdir. Burun bitishi chaqaloqlar va yosh bolalarda bezovtalik hamda uyqusizlikni keltirib chiqaradigan ko‘p uchraydigan muammo. Izotonik dengiz suvi tug‘ilgandan boshlab foydalanishga mo‘ljallangan va ko‘krak suti bilan yoki butilkadan emizishdan oldin, shuningdek, burun orqali nafas olishni qiyinlashtiradigan yuqori nafas yo‘llari kasalliklari paytida burun bo‘shliqlarining kundalik gigiyenasi uchun mo‘ljallangan. Bizning chaqaloqlar uchun maxsus ishlab chiqilgan Akva Maris bolalar uchun burun tomchilari (10 ml va 15 ml) yoki Akva Maris Bebi burun uchun spreyi (50 ml) kabi mahsulotlarimizdan birini tanlang – ular kichkintoylarga osongina uxlash, ovqatlanish va tabiiy ravishda nafas olishga yordam beradi.
LOR-a’zolari muammolarini tabiiy hal qilish
Akva Maris dengiz suvining nafas olish salomatligi uchun tan olingan shifobaxsh xususiyatlariga asoslangan. Akva Maris mahsulotlarining keng assortimenti chaqaloqlar, bolalar va kattalarning alohida ehtiyojlarini qondiradi, qiyin nafas olishni yengillashtiradi, organizmning shamollash va grippdan himoya kuchlarini qo‘llab-quvvatlaydi va burun bo‘shlig‘i, allergiya va rinit muammolarini yengishga yordam beradi. Akva Maris mahsuloti inson organizmiga, shu jumladan, chaqaloqlar va yosh bolalar organizmiga tushgani sababli harakatning tozaligi va yengilligi birinchi darajali ahamiyatga ega. LOR a’zolari muammolarini hal qilishda boshqa 100% tabiiy Akva Maris® mahsulotlarini ham sinab ko‘ring!