Salomatlik va Profilaktika

Sog‘lom nafas olish

Nafas olish – bu hayot demakdir. Odam bir necha kun ovqat va suvsiz yashashi mumkin, lekin nafas olmasdan bor-yo‘g‘i bir necha daqiqa yashaydi. Burun bo‘shlig‘i nafas yo‘llarining boshlang‘ich qismini tashkil etadi va havo organizmga kirganda himoya funksiyasini bajaradi. Burun bo‘shlig‘i yuzasi mikroskopik tuksimon bo‘rtiqlar (kiprikchalar) bilan qoplangan bo‘lib, ular to‘planib qolgan iflosliklarni yo‘q qilib, muntazam ravishda hiqildoq yo‘nalishida harakatlanadi. Natijada viruslar, bakteriyalar va allergenlar organizmdan “chiqarib tashlanadi” va bu bilan kasalliklar rivojlanishining oldi olinadi. Har kuni 15 000 litr havo shu tarzda tozalanadi.

Agar kasallik baribir paydo bo‘lsa, biz noxush pishillash va aksirishni boshlaymiz. Organizmimiz ko‘p miqdorda shilimshiq ajratib chiqarish va reflektor aksirish orqali nafas yo‘llaridan kasallik qo‘zg‘atuvchi agentlarni chiqarib tashlaydi, bu esa sog‘ayish jarayonining bir qismi hisoblanadi.

Burun bo‘shlig‘idagi ana shu tabiiy mexanizmlar tufayli organizm nafas yo‘llarini kasallik va shikastlanishlardan himoya qiladi. Muntazam gigiyena ularning to‘g‘ri ishlashida juda muhim. Ayniqsa ertalab ertangi kunga tayyorgarlik ko‘rgan holda shuningdek, uxlashdan oldin burun bo‘shlig‘ini tozalash ayniqsa juda zarur, chunki biz tunning ko‘p qismini burun orqali nafas olish bilan o‘tkazamiz.

Tug‘ilganimizdan boshlab, barchamizda to‘g‘ri nafas olish qobiliyati bo‘ladi – sog‘lom bolalar uxlayotganda ularning nafas olishi chuqur, xotirjam va bo‘shashgan bo‘ladi. Biroq vaqt o‘tishi bilan bu yo‘qoladi va kattalarning nafas olishi ko‘pincha yuzaki, tartibsiz va uzuz-yuluq bo‘lib qoladi.

Biz har kuni o‘rtacha 22 000 marta nafas olamiz va chiqaramiz, qanday nafas olishimiz umumiy jismoniy salomatligimizga ta’sir qiladi. Stress paytida nafas olishimiz yuzaki va notekis bo‘ladi, butun tana o‘zaro bog‘liq bo‘lganligi sababli, buning aksi ham to‘g‘ri: yuzaki va uzuq-yuluq nafas olish tashvish va stress hissini keltirib chiqaradi. Bu agar biz o‘zimizni erkin, xotirjam va bosiq his qilishni xohlasak, chuqur, xotirjam va bir maromda nafas olishni o‘rganishimiz kerakligini anglatadi. To‘g‘ri nafas olish har doim burun orqali amalga oshiriladi, salomatligimiz bilan bog‘liq muammolar bundan mustasno. Aksariyat insonlar havoni faqat o‘pkaning o‘rta va yuqori qismlari orqali yutadi, shuning uchun u hech qachon o‘pkaning pastki qismlariga yetib bormaydi.

Nafas olish nafas olish va chiqarishga javob beruvchi 12 ta mushak guruhini o‘z ichiga oladi, shuningdek, nafas olish – bu atmosferadan kislorodni hujayralarga va karbonat angidridni hujayradan atmosferaga o‘tkazishdan kattaroq jarayondir. Nafas olish xavfsiz va samarali jismoniy mashqlarning asosi hisoblanadi. To‘g‘ri nafas olish sizga o‘zingizni erkin, xotirjam va baxtli his qilishga yordam beradi.

Tomoq va og‘iz bo‘shlig‘i salomatligi

Og‘iz bo‘shlig‘i va halqum ovqat hazm qilish tizimining boshlang‘ich qismini tashkil etadi, lekin ular ham nafas yo‘llarining bir qismidir.

Og‘izda quruqlikni his qilish og‘iz bo‘shlig‘ida so‘lakning yetarli emasligi tufayli yuzaga keladi, bu ko‘pincha burun tiqilib qolganida og‘iz orqali nafas olish natijasi bo‘lib, tomoq yallig‘lanishiga olib kelishi mumkin. Og‘iz qurishining sababi so‘lak bezlari ishining buzilishi bo‘lishi mumkin.

Og‘izdan keladigan yoqimsiz hid muammo hisoblanadi. U ko‘pincha tishlardagi ovqat qoldiqlari, tildagi o‘lik hujayralar, og‘iz bo‘shlig‘ining noto‘g‘ri gigiyenasi va so‘lakning yetarli darajada ajralmasligi tufayli paydo bo‘ladi. Chekish, spirtli ichimliklar yoki o‘tkir ovqat iste’mol qilish holatni yomonlashtirishi mumkin.

Tomoq og‘rig‘i faringit yoki tonzillit oqibati bo‘lishi mumkin. Tomoq og‘rig‘i o‘tkir yallig‘lanishning asosiy simptomi hisoblanadi, u yutinish vaqtida kuchayadi va bakteriyalar yoki viruslar tufayli yuzaga keladi. Surunkali yallig‘lanishlarda og‘riq kamroq intensiv bo‘ladi, lekin davomli va ko‘pincha quruq yo‘tal bilan birga kechadi. Odatda u burunning surunkali bitishi, quruq havo, chang ta’siri yoki burunning qo‘shimcha bo‘shliqlari kabi qo‘shni a’zolarning yallig‘lanishi bilan bog‘liq bo‘ladi.

Og‘iz bo‘shlig‘ining yallig‘lanishi issiq yoki qattiq ovqatni iste’mol qilish natijasida termik yoki mexanik qo‘zg‘atuvchilar, shuningdek patogen mikroorganizmlar, bakteriyalar yoki viruslar tufayli kelib chiqishi mumkin. Kuyish, so‘lakning ko‘p ajralishi, shilliq qavatda toshmalar yoki mayda yaralarning paydo bo‘lishi – odatda bu ushbu yallig‘lanishlarda paydo bo‘ladigan simptomlardan ba’zilari hisoblanadi.

Quloq gigiyenasi

Tashqi eshituv yo‘li juda muhim himoya rolini o‘ynaydi. Uning ichidagi havo isiydi, bu esa o‘rta quloqni haroratning keskin o‘zgarishidan himoya qiladi. Mayda tukchalar, ta’sirchan teri va burama tuzilma tashqi eshituv yo‘liga begona jismlar tushishining oldini oladi. Bezlar quloq oltingugurtini ajratib chiqaradi, u eshitish yo‘li terisini qoplaydi va himoya funksiyasini ham bajaradi. Quloq oltingugurti eshituv yo‘lidan chiqadi. O‘zining sariq-jigarrang rangi tufayli u inson ko‘ziga yoqimsiz tuyuladi, uni olib tashlashning umumiy qabul qilingan usuli paxta tamponidan foydalanish hisoblanadi. Lekin bunda quloq oltingugurti orqaga itarilib, oltingugurt tiqinini hosil qiladi va qurigan oltingugurt eshitish yo‘lining to‘lib qolishiga olib keladi.

Bu yoqimsiz holatga, ayniqsa, changli xonada ishlaydigan, eshitish apparatlari taqadigan insonlar, keksalar, shuningdek, bolalar ko‘proq uchraydi, chunki bolalar ko‘pincha qum, loy yoki changda o‘ynashadi.

Izotonik dengiz suvi oltingugurtli tiqin hosil bo‘lish ehtimolini kamaytiradi va eshitish yo‘lining nozik terisiga zarar yetkazmasdan uni olib tashlashni osonlashtiradi. Shu sababli uni quloq gigiyenasi uchun har kuni tavsiya qilish mumkin.

Go‘daklar va yosh bolalar

Burunning tiqilib qolishi chaqaloqlarda muammo tug‘diradi, chunki ular og‘iz bilan nafas ololmaydi. Bola vaqti-vaqti bilan burnini tozalash uchun reflektor aksa uradi, lekin burni tiqilib qolganda bu yetarli bo‘lmaydi. Muntazam nafas olish bolaning o‘sishi va rivojlanishi, shuningdek, uning normal ovqatlanishi va tungi tinch uxlashida muhimdir, shuning uchun har kungi burun gigiyenasi chaqaloqlar uchun ayniqsa juda zarur.

Hayotining dastlabki bir necha oyi davomida bola burnini qoqishni bilmaydi, shuning uchun gigiyenaga rioya qilishda ota-onaning yordami odatda 4-5 yoshga to‘lgunga qadar talab etiladi. Bolaga burnini qoqishni o‘rgatayotganda unga burnini qog‘oz salfetka bilan to‘sib, burun kataklaridan birini qising va undan og‘zini yopib burnini qoqishini so‘rang. Boshqa burun teshiklari yopiq holda muolajani takrorlang. Burunni muntazam ravishda, hech bo‘lmaganda har kuni ertalab va kechqurun tozalash zarur. Tozalashni yengillashtirish uchun jarayondan oldin Aqua Maris spreyidan foydalaning. Farzandingizni erta yoshdan burunning to‘g‘ri gigiyenasiga o‘rgatish nafas yo‘llari kasalliklari xavfini kamaytiradi!

Profilaktika

Biz ekologiya ifloslangan dunyoda yashayapmiz. Sanoat va yo‘l harakati havoni zaharlaydi, natijada yirik shaharlar smog bulutlari bilan qoplanadi. Olimlar allergiya va boshqa nafas yo‘llari kasalliklarining sezilarli darajada ko‘payganini qayd etishmoqda.

Konditsionerli yoki markaziy isitiladigan yopiq xonalarda havo quruq va nafas olish qiyin bo‘lishi mumkin. Haddan tashqari qurib qolgan burun viruslar va bakteriyalarga nisbatan ta’sirchan, chunki uning tabiiy himoya mexanizmlari xavf ostida bo‘ladi. Chekadiganlar kuchli xavf ostida bo‘ladilar!

Eng yaxshi natijalarga erishish uchun yil davomida Aqua Maris burun spreyidan foydalaning. Tadqiqotlar uni doimiy ravishda qo‘llash burundan zararli zarrachalar, viruslar va bakteriyalarni tabiiy ravishda olib tashlashga yordam berishini va bu bilan yuqori nafas yo‘llari infeksiyalari xavfi kamayishini ko‘rsatmoqda!