Leyka moslamasi

Burun bo‘shlig‘ini yuvish

Akva Maris® Leyka burun bo‘shlig‘ini yuvish moslamasi dengiz tuzi va O‘rta yer dengizi o‘tlarining birikmasi tufayli to‘liq talasso-muolaja ta’sirini ta’minlagan holda, burun bo‘shlig‘i va qo‘shimcha bo‘shliqlarni yuvadi. Zarur minerallarga boy Adriatika dengizining toza suvi shilliq qavatni namlaydi va allergenlar, viruslar va bakteriyalardan himoya qiladi.

Tarkib

Akva Maris® Leyka  burun bo‘shlig‘ini yuvish moslamasi tarkibida antiseptik va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega, nafas olish a’zolariga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, shilliq pardani suyultiradigan bo‘znoch va mirta efir moylari bilan boyitilgan yuqori sifatli organik tuz mavjud.

Akva Maris burun bo‘shlig‘ini yuvish moslamasi

Anatomik shakldagi burun bo‘shlig‘ini yuvish moslamasi burun bo‘shlig‘ining oson, qulay va samarali yuvilishini ta’minlaydi. Uning hajmi 320 ml.ni tashkil etib, bu ikkala burun yo‘lini tozalash uchun ham zarur hisoblanadi. Uning yana bir muhim afzalliklaridn biri – bu shish rivojlanishi xavfisiz ehtiyotkorlik bilan yuvilishini ta’minlaydigan suyuqlikning erkin oqimidir. Suyuqlik oqimini boshqarish imkoniyati mavjud bo‘lib, bu ushbu moslamani hatto eng ta’sirchan burunlar uchun ham moslashtiradi.

Hatto bolalar (6 yosh va undan katta) ham ota-onalarning dastlabki yordami bilan ushbu moslamadan foydalanishlari mumkin!

Normal nafas olish burun shilliq qavatining holatiga bog‘liq. Shamollash, allergiya, burun bo‘shliqlari bilan bog‘liq muammolar, konditsionerli xonalarda bo‘lish, shuningdek, boshqa bir qator holatlar burundan ortiqcha suyuqlikni qo‘zg‘ashi va burun shilliq qavatining shishi yoki qurib qolishiga olib kelishi mumkin. Bunday vaziyatlarda normal nafas olish mumkin emas. Qiyin nafas olish bolalar uchun ham, kattalar uchun ham muammo bo‘lib, ularning kundalik faoliyatini izdan chiqaradi.

Dengiz kabi O‘rta yer dengizining noyob o‘simliklari ham nafas olish tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Tarkibida dengiz suvi va mirt hamda bo‘znoch singari O‘rta yer dengizi o‘simliklari bo‘lgan mazkur moslamadan foydalanib, siz go‘yoki yil davomida dengiz bo‘yida yashagandek tabiiy natijaga erishasiz. Dengiz qirg‘oqlarida istiqomat qiluvchi insonlar ko‘pincha o‘zlarining burun teshiklarini dengiz suvida chayishadi.

Burun bo‘shlig‘ini yuvish uchun Akva Maris® Leyka moslamasi burun bo‘shlig‘i va qo‘shimcha bo‘shliqlarni yuvib, dengiz tuzi va O‘rta yer dengizi o‘tlarining birikmasi tufayli to‘liq talassoterapevtik ta’sirni ta’minlaydi. Adriatika dengizining toza suvi kerakli minerallarga boy bo‘lib, shilliq qavatni namlaydi va allergenlar, viruslar va bakteriyalardan himoya qiladi. Kundalik yengil ta’sir, qo‘shimchalar va konservantlarsiz foydalanishga mo‘ljallangan ushbu moslama zamonaviy va sog‘lom turmush tarzining ajralmas qismi hisoblanadi.

Akva Maris® Leyka burun bo‘shlig‘ini yuvish moslamasi burun yo‘llarini tozalash uchun mo‘ljallangan:

  • o‘tkir yoki surunkali rinit yoki sinusit bilan og‘rigan kishilar uchun
  • allergiyasi bo‘lgan kishilar uchun
  • burundagi jarrohlik operatsiyasidan keyin (shifokor tavsiyasiga muvofiq)
  • sportchilar va jismoniy faollikdan oldin faol dam olishni sevuvchilar, burun shilliq qavati quruq bo‘lgan kishilar uchun kundalik gigiyenaning bir qismi sifatida.

Yuqorida sanab o‘tilgan barcha holatlarda Akva Maris® Leyka burun bo‘shlig‘ini yuvish moslamasi alomatlarni yengillashtirishi, burun shilliq qavati yallig‘lanishini kamaytirishi, burun-halqumning umumiy holatini yaxshilashi va yana sizga erkin nafas olishingizga yordam berishi mumkin.

Kundalik gigiyena maqsadida ushbu qurilmadan kuniga bir marta foydalanish lozim, ta’siri ayniqsa ertalab samarali bo‘ladi.

Sportchilar va faol dam olishni sevuvchilarga jismoniy zo‘riqishlardan oldin burun yo‘llarini yuvish tavsiya etiladi.

Burun shilliq qavati qurigan, allergiyasi bor yoki burun bo‘shlig‘i bilan bog‘liq muammolardan aziyat chekadiganlar bu muolajani kuniga bir necha marta takrorlashlari mumkin.

Bu qanday ishlaydi

Dengiz tuzi va suvdan tayyorlangan eritmada mineral tuzlar, ko‘p miqdorda mikroelementlar va mirt hamda bo‘znochning efir moylari mavjud bo‘lib, ular burun shilliq qavatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun u burunni yuvishda qo‘l keladi. Burun yo‘llarining ikkala tomonini ham yuvish ortiqcha shilimshiq va yallig‘lovchi moddalarni yuvib ketadi, shishni kamaytiradi, hid va ta’mni yaxshilaydi, shuningdek, nafas olishni yengillashtiradi.

Ta’sir mexanizmi

Eritma birinchi burun teshigiga tomiziladi va ikkinchi burun teshigi orqali oqib chiqishiga qo‘yiladi.

Burun shilliq qavati himoya funksiyasining buzilishi, aftidan, yuqori nafas yo‘llari kasalliklarida ma’lum bir rol o‘ynaydi. Burun bo‘shlig‘ini yuvish burun shilliq pardasining infeksion agentlar, yallig‘lanish mediatorlari va qo‘zg‘atuvchilar ta’siriga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatini oshirishi mumkin. Bu bir necha ma’lum fiziologik ta’sirlar, jumladan, shilliq qavatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri tozalanishi, yallig‘lanish mediatorlarining yo‘q qilinishi va mukotsiliar funksiyaning yaxshilanishi hisoniga burun shilliq qavati funksiyasining yaxshilanishiga olib kelib, bu hilpillovchi epiteliy kiprikchalari urish chastotasining oshishi bilan tasdiqlanadi.

Qo‘llash usuli

Jarayon oddiy va yoqimli hisoblanadi!

O‘ramdagi  dengiz tuzini Akva Maris burun bo‘shlig‘ini yuvish moslamasiga seping, oldindan qaynatilgan tana haroratidagi vodoprovod suvini quying (tax. 37C), silkiting va burun bo‘shlig‘ini quyidagicha yuving:

Burun bo‘shlig‘ini rakovina ustida yuvish tavsiya etiladi.

  1. Oldinga egiling, iyakni ko‘krakka bosgancha boshni yonga buring.
  2. Qurilmaning uchini burun teshigiga bosing va uni burun teshigini yopadigan qilib sozlang

Og‘iz bilan nafas oling.

  1. Yuvishni boshlang – tuz eritmasi qarama-qarshi burun teshigidan oqib chiqadi.
  2. Uchta holat oralig‘ida burningizni qoqib tashlang:

Boshni osilib turgan holatda oldinga eging, uni yon tomonga buring, pastki burun teshigini yoping va yuqori burun teshigidan havoni ohista puflang.

  1. Boshingizni gorizontal holatga ushlab turing, yuzingizni pastga qarating va o‘sha burun teshigi orqali nafas chiqaring.
  2. Tik turgan holda burun teshigi orqali nafas chiqaring.

Muolajani ikkinchi burun teshigi bilan takrorlang.

Odamlar burun bo‘shlig‘ini yuvgandan keyin kuch kelganini va sof havoni his qilishadi, chunki o‘pkani to‘ldirib nafas oladilar. Shu sababli orqangizni to‘g‘rilang, tik turing va Akva Maris® Leyka burun bo‘shlig‘ini yuvish moslamasi yordamida o‘zingizni yaxshi his qiling.

Nima uchun Adriatik dengizi tuzi?

Adriatika dengizi tuzining tarkibida 80 dan ortiq noyob minerallar va oligoelementlar, jumladan inson burun shilliq qavatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan moddalar mavjud. U natriy, kalsiy, kaliy, magniy, rux va temir kabi elementlarning belgilaridan iborat. Ular birgalikda muvozanatli, hayotbaxsh uyg‘unlikni yaratib, uni tabiiy laboratoriyadan boshqa hech qayerda qayta tiklab bo‘lmaydi.

Mirt va bo‘znochdan foydalanishning ahamiyati

Mirt sevgi ramzi hisoblanadi, uni to‘y gulchambarlariga o‘rashadi, mirt choyi esa go‘zallik va yoshlik uchun iste’mol qilinadi. O‘simlik xalq tabobatida nafas olish tizimining surunkali kasalliklarini davolashda qo‘llanilgan. Antiseptik ta’sirga ega, bakteriyalar, viruslar, zamburug‘larga qarshi dezinfeksiyalovchi vosita sifatida ta’sir qiladi va shilliq pardalar sekretsiyasini kamaytiradi. Mirt ifori kishini tetiklashtiradi va kayfiyatini ko‘taradi. Mirt va bo‘znochning efir moylari burun bo‘shlig‘ining yuqori ta’sirchanligiga ega kishilarga mos keladi.

Xorvatiya orollari aholisi bo‘znoch gullarida quyosh issiqligini to‘plashiga ishonishadi. Ushbu o‘simlikning efir moylari qimmatbaho moylar guruhiga kiradi va ularni yetishtirish murakkab mahoratni talab qiladi. U yallig‘lanishga, viruslarga qarshi, og‘riq qoldiruvchi va antioksidant ta’sirga ega, shilliq qavatning shishini kamaytiradi va sekretsiyani yumshatadi. Bo‘znoch ifori stressdan keyin kuchni tiklagan holda his-tuyg‘ularimizga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu moyning qimmatini fransuzcha “immortelle”, ya’ni boqiylik ma’nosini anglatuvchi “immortelle” nomi bilan izohlash mumkin.