Akva Maris® Norm burun spreyi bir vaqtning o‘zida burun shilliq qavatini namlagan va tiklagan holda nafas olayotgan chang zarrachalari, allergenlar, viruslar, bakteriyalar va ifloslanishlarni yo‘q qiladi, burunda to‘planib qolgan suyuqliklarni chiqarib tashlashni osonlashtiradi.
Nasal spray 50ml
Nasal spray 150ml
Izotonik dengiz suvi
Dengiz suvi tarkibidagi mineral tuzlar va ko‘p miqdordagi mikroelementlar mavjudligi tufayli burun shilliq qavatiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Yoz mavsumida bevosita dengiz yaqinida sodir bo‘ladigan mazkur tabiiy samaraga yil davomida yuqori sifatli ishlov berilgan dengiz suvidan foydalanib erishish mumkin.
Normal nafas olish burun shilliq qavatining holatiga bog‘liq bo‘ladi. Burun shilliq qavatida chang zarrachalari, allergenlar, bakteriyalar va viruslarning to‘planishi uning tabiiy faoliyatiga to‘sqinlik qiladi. Shamollash, allergiya, gripp va boshqa bir qator kasalliklar kuchli sekretsiyaga, burun shilliq qavatining shishiga va burunda suyuqlik to‘planishiga olib keladi, bu esa nafas olishni yanada qiyinlashtiradi.
Akva Maris® Norm burun spreyi bir vaqtning o‘zida burun shilliq qavatini namlagan va tiklagan holda nafas olayotgan chang zarralari, allergenlar, viruslar, bakteriyalar va ifloslanishlarni yo‘q qiladi, burunda to‘planib qolgan suyuqliklarni chiqarib tashlashni osonlashtiradi.
Akva Maris® Norm burun spreyi burun shilliq qavatining fiziologik holatini o‘zgartirmaydi va bolalar, homilador ayollar, emizikli onalar hamda keksa yoshlilar tomonidan qo‘llanilishi mumkin.
Akva Maris® Norm (50 ml va 100 ml) burun spreylarida iflosliklarni samarali yo‘q qilinishini ta’minlaydigan “klapanli qopcha” texnologiyasidan foydalaniladi.
Har kuni foydalanishga mo‘ljallangan.
Tarkibida konservantlar va qo‘shimchalar mavjud emas.