Plus

d-pantenol (B5 provitamini) bilan boyitilgan burun spreyi

Aqua Maris® Plus burun spreyi – bu dengiz suvining tabiiy shifobaxsh xususiyatlari va burun shilliq qavatining tiklanishiga yordam beradigan B5 provitamini birikmasi.

Nasal spray, 30ml

Tarkib

d-pantenol (B5 provitamini) bilan boyitilgan izotonik dengiz suvi.

Dengiz suvi va B5 provitaminining tabiiy shifobaxsh xususiyatlari birikmasi burun shilliq qavatining tiklanishiga yordam beradi va ayniqsa kashandalarga, shuningdek, masalan, burun preparatlarini tez-tez qo‘llash tufayli burun shilliq qavatidagi shikastlanishning boshqa holatlarida tavsiya etiladi.

D-pantenol hujayralarga tushib, pantotenat kislotasiga aylanadi, u teri va shilliq qavatlarga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi, dengiz suvi esa burundan iflosliklarni chiqarib tashlashga yordam beradi.

Quyidagi hollarda Akva Maris® Plus burun spreyidan foydalanish tavsiya etiladi:

  • shamollash, pichan isitmasi va allergiyada;
  • burun shilliq qavati zararlanganda yoki quriganda (ayniqsa, keksa insonlarda);
  • konditsionerli yoki markaziy isitish binolarida yashaydigan va ishlaydigan, shuningdek, ko‘p sayohat qiladigan odamlar uchun;
  • yuqori nafas yo‘llari shilliq qavati haddan tashqari quruqshashiga duchor bo‘lgan odamlar (kashandalar, xonandalar, professional haydovchilar va boshqalar) uchun.

Akva Maris® Plus takomillashtirilgan purkagichdan yengil purkash yordamida amaliy va qulay surtishni taklif qiladi. Har kuni foydalanishga mo‘ljallangan.

Tarkibida konservantlar va qo‘shimchalar yo‘q.