Shartlar va qoidalar

Ushbu veb-saytga va undagi ma’lumotlarga kirish quyidagi qoidalar va shartlar bilan tartibga solinadi. Agar ushbu shartlarga rozi bo‘lmasangiz, mazkur veb-saytdan foydalanmang. Agar siz veb-saytdan foydalanishda davom etsangiz, tegishli yuridik shartlarni qabul qilgan hisoblanasiz.

1. Kirish

Jadran Galenski laboratorij d.d kompaniyasi (“JGL”) ushbu veb-saytdagi materiallar ma’lum joylarda foydalanuvchilar uchun mos yoki tushunarli bo‘lishini kafolatlamaydi va veb-saytga uning mazmuni qonun bilan taqiqlangan mamlakatlardan kirishi uchun javobgar emas. Ko‘rsatilgan joylardan veb-saytga kirish foydalanuvchi tomonidan amaldagi qonunchilikka muvofiq qasddan amalga oshirilgan deb taxmin qilinadi.

2. Mualliflik huquqlarini himoya qilish

JGL kompaniyasi va uning yetkazib beruvchilari yoki dastlabki mualliflari ushbu veb-saytning alohida sahifalariga va ular bilan bog‘liq boshqa intellektual mulkka mualliflik huquqi egalari hisoblanadi. Bu bilan siz JGL veb-sayti dizayni yoki fonini, veb-saytning har qanday alohida elementlarini yoki logotip dizaynini JGLning yozma ruxsatisiz takrorlamaslikka, nusxalamaslikka va tarqatmaslikka rozilik bildirasiz.

3. Tovar belgilari va brendlar

JGL va JGL logotipi JGL kompaniyasining ro‘yxatdan o‘tgan yoki ro‘yxatdan o‘tmagan himoyalangan tovar belgilari yoki brendlari hisoblanadi. Boshqa muhofaza qilinadigan tovar belgilari yoki brendlar ularning qonuniy vakillari va/yoki egalariga tegishli bo‘ladi. Ushbu veb-saytning hech bir qismi, ular JGL kompaniyasiga, uning yetkazib beruvchilariga yoki uchinchi shaxslarga tegishli bo‘lishidan qat’i nazar, ushbu veb-saytda aks ettirilgan himoyalangan savdo belgilaridan JGLning yozma ruxsatisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita foydalanishga ruxsat sifatida talqin qilinishi mumkin emas.

4. Yurisdiksiya

Ushbu bilan siz Xorvatiya moddiy huquq yurisdiksiyasini mazkur veb-saytdan foydalanish uchun barcha ruxsatlar, istisnolar va shartlarning qonuniy kuchini talqin qilish, qo‘llash va tasdiqlash da yagona amalda bo‘lgan qonun sifatida qabul qilasiz. Tomonlar ushbu “Foydalanish shartlari” bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan har qanday nizolarni yoki masalalarni yozma xabarnoma olingan paytdan boshlab, 45 kun ichida sud muhokamasi boshlangunga qadar muzokaralar yo‘li bilan vijdonan hal etishga harakat qiladilar. JGL zarur bo‘lsa, maxfiy yoki xizmat ma’lumotlarini himoya qilish uchun darhol yuridik choralar ko‘rishi mumkin. Xorvatiya sudlari, ya’ni Riyekdagi sud ushbu veb-saytdan foydalanish bilan bog‘liq har qanday da’vo yoki nizolarga nisbatan mutlaq vakolatga ega.

5. Axborot

5.1. JGL ushbu veb-sayt orqali sizdan hech qanday maxfiy ma’lumot yoki mulk huquqi haqidagi ma’lumotlarni olish niyatida emas. Xabarlarni elektron pochta orqali yuborish xavfsiz bo‘lmasligi va uchinchi shaxslarning ruxsatsiz kirishiga yoki xabarni noto‘g‘ri yetkazib berishga olib kelishi mumkinligini unutmang. Shuni yodda tutingki, JGLga yuborilgan har qanday ma’lumot yoki materiallar maxfiy hisoblanmaydi. JGLga ma’lumot yoki materiallarni yuborish orqali siz JGLga ushbu ma’lumot yoki ma’lumotlardan foydalanish, nusxa olish, namoyish etish, ijro etish, o‘zgartirish, uzatish va tarqatish uchun cheklanmagan va qaytarib olinmaydigan litsenziyani berasiz, shuningdek, JGL siz yuborgan har qanday g‘oya, tushuncha, bilim yoki usullardan har qanday maqsadlarda erkin foydalanishi mumkinligiga rozilik bildirasiz. Biroq biz hech qachon agar: (a) biz avval sizning ismingizdan foydalanishga ruxsat olmasak; yoki (b) veb-saytning muayyan qismiga siz yuborgan materiallar yoki boshqa ma’lumotlar sizning ismingiz bilan birga e’lon qilinishi yoki boshqa shaklda ishlatilishi haqida sizni oldindan xabardor qilsak; sizning ismingizni e’lon qilmaymiz yoki bizga materiallar yoki boshqa ma’lumotlarni yuborganingizni boshqa shaklda oshkor etmaymiz, (v) biz qonunchilikka  muvofiq buni qilishimiz kerak bo‘lgan holler bundan mustasno.

5.2. Veb-saytda mavjud bo‘lgan barcha ma’lumotlar faqat axborot xususiyatiga ega bo‘lib, tijorat maqsadlarida foydalanilishi yoki uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas. Ushbu veb-saytdagi alohida mahsulot va xizmatlar haqidagi ma’lumotlar bunday ma’lumotlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan uchinchi shaxslarga nisbatan ma’lum cheklovlarga ega.

5.3. JGL tomonidan ushbu veb-saytda e’lon qilingan ma’lumotlar kiritilgan paytda to‘g‘ri va ishonchli hisoblanadi; ammo JGL ushbu veb-saytda saqlanadigan har qanday ma’lumotlarning aniqligi, to‘g‘riligi yoki ishonchliligini kafolatlamaydi.

5.4. Bu veb-saytdagi havolalar sizni uchinchi shaxslar yoki kompaniyalarning sahifalariga olib kelishi mumkin, ya’ni siz JGL veb-saytini tark etishingiz mumkin. JGL veb-saytidan tashqaridagi sahifalar JGL nazorati ostida emas, shuning uchun JGL havola yordamida yoki havola mavjud bo‘lgan saytdagi havola orqali o‘tish mumkin bo‘lgan har qanday sahifalarning mazmuni uchun javobgar emas. Tashqi veb-saytlarga havolalar yoki ma’lumotlar faqat sizning qulayligingiz uchun taqdim etiladi. Bunday havolalar uchinchi tomon JGL kompaniyasi, uchinchi tomon veb-sayti yoki undagi ma’lumotlarning ma’qullanishi, homiyligi yoki tavsiyalarini anglatmaydi.

5.5. JGL kompaniyasi istalgan vaqtda, oldindan ogohlantirmasdan, ushbu veb-saytdagi ma’lumotlarni yangilashi yoki o‘zgartirishi mumkinligi inobatga olinishi lozim.

6. Javobgarlikni cheklash

JGL hech qanday aniq yoki noaniq kafolatlarni bermaydi, shu jumladan ma’lum maqsadlar uchun yaroqlilikni kafolatlaydi, shuningdek, har qanday aks ettirilgan ma’lumotlar, tizimlar, mahsulotlar yoki jarayonlarning to‘liqligi yoki foydaliligi uchun hech qanday javobgarlikni zimmasiga olmaydi. Veb-saytda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar har qanday muhim shaxsiy, moliyaviy yoki biznes qarorlarini qabul qilish uchun asos sifatida qaralishi mumkin emas va siz kutganingiz yoki boy berilgan foyda uchun bizni javobgarlikka tortmasligingizga rozilik bildirasiz. Qonunda belgilangan cheklovlarni istisno qilgan holda JGL ushbu veb-saytda mavjud bo‘lgan har qanday ma’lumotlardan foydalanish yoki foydalana olmaslik natijasida yuzaga kelgan har qanday to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita, tasodifiy, nomoddiy yoki moddiy zarar, zarar yoki xarajatlar uchun javobgar emas.

7. Huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish yoki btopshirish

Siz JGLning oldindan berilgan yozma roziligisiz ushbu “Foydalanish shartlari”ni boshqalarga o‘tkazishga yoki topshirishga haqli emassiz. JGL ushbu “Foydalanish shartlari”ni qisman yoki butunlay har qanday affillangan shaxs yoki uchinchi tomonga berishi mumkin.